Uzbek Community Center of San Francisco Bay Area

Hurmatli do‘stlar va aziz Yurtdoshlar!

Sizlarga Uzbek Community Center of San Francisco Bay Area (UCC SF) markazi tashkil etilganligi haqida e’lon qilishimizdan bag‘oyat xursandmiz!

6 fevral 2019 yildan boshlab bir necha oy mobaynida iqtidorli, zukko va ko‘pchilikning hurmatiga sazovor o‘zbekistonliklardan tashkil topgan guruh katta amaliy ish olib bordi va nihoyat bizning markazimiz rasmiy ro‘yxatdan o‘tib San Frantsisko Ko‘rfazida O‘zbek Jamiyati Markazi rasman tashkil etildi. Turli millatga mansub, turli yoshdagi va o‘ziga xos dunyoqarashga ega insonlar UCC SF safidan joy olgan, lekin bizni bir narsa birlashtiradi bu — O‘zbekiston. O‘zbekiston bizning ona Vatanimiz va u biz uchun qadrli go‘shadir.

UCC ning asosiy maqsadi bu Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqini O‘zbekiston madaniyati bilan tanishtirish va yurtdoshlarimizni AQSh jamiyatiga integratsiya (kirib borish, moslashish) jarayoniga yordam berishdir. Oldimizda ko‘p vazifalar, rejalar va proektlar bor. Ularni amalga oshirish uchun jamoamiz bilan ijobiy yondashganmiz. Markazimiz tomonidan o‘tkaziladigan uchrashuvlar 3 tilda, ya’ni o‘zbek, ingliz va rus tillarida o‘tiladi. Har bir inson o‘ziga qulay bo‘lgan tilda suhbatlashadi, lekin shunga qaramay biz bir birimizni juda yaxshi tushunamiz.

Agar safingizda Uzbek Community Center of San Francisco Bay Area a’zosi bo‘lish istagini bildiradiganlar bor bo‘lsa, sizlar uchun doimo quchog‘imiz ochiq. Bizni kuzatib boring va yangiliklarimizdan xabardor bo‘lib boring!

Uzbek Community Center of San Francisco Bay Area

San Frantsisko Ko‘rfazi O‘zbek Jamiyati

UzbekCommunityCenter@gmail.com

Facebook group: Uzbek Cultural Center of San Francisco Bay Area.

@UzbekCommunitySF